1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda Qatar elchixonasi ochildi

Marosimda Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy ishtirok etdi.

Toshkentda Qatar elchixonasi ochildi

 

 

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, kecha, 7 may kuni ikki davlat hukumatlari, diplomatik korpus vakillari, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida elchixonaning tantanali ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston tomoni Qatarni arab dunyosidagi muhim, ishonchli va istiqbolli hamkor deb bilishini taʼkidladi. Qatar diplomatik vakolatxonasining ochilishi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishi, ularning amaliy mazmun bilan boyishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov mamlakatga tashrif bilan kelgan Qatar Davlati tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad Al-Murayxiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Muloqotda tomonlar jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining dolzarb masalalari, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, siyosiy muloqotni faollashtirish istiqbollari, savdo va investitsiyaviy aloqalar, madaniy-gumanitar hamda sayyohlik almashinuvlarini muhokama qildi.

 

"Shubhasiz, Qatarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi munosabatlarimizni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro manfaatli hamkorlik ufqlarini kengaytirish, savdo va investitsiyaviy sohalarni, shuningdek, xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni jadallashtirishga xizmat qiladi", — deydi Baxtiyor Saidov.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика