1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda “qora dori” bilan shug‘ullanuvchi ikki shaxs qo‘lga olindi

Bu “Qora dori 2024” tezkor profilaktik oyligi doirasida aniqlangan.

Toshkentda “qora dori” bilan shug‘ullanuvchi ikki shaxs qo‘lga olindi

 

Toshkent viloyatida “qora dori” oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi ikki shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi. Xabarlarga ko'ra, “Qora dori 2024” tezkor profilaktik oyligi doirasida Toshkent viloyati IIBB va Bo‘stonliq tumani IIB tezkor xodimlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tadbirda ko‘p miqdordagi sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatish maqsadida olib ketayotgan shaxs ushlangan.

 

33 yoshli fuqaro M.I. tekshiruvdan o‘tkazilganda uning yonida bo‘lgan avtomobil ehtiyot qismi (reduktor) ichiga joylashtirilgan 12 ta o‘ramdagi 6 kg sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan va daliliy ashyo sifatida olingan. Qayd etilishicha, giyohvandlik vositasining qora bozordagi taxminiy narxi 4 mlrd 800 million so‘mga teng.

 

Ma'lumotlarda aytilishicha, ushbu shaxsga sintetik giyohvandlik vositalari Qirg‘iziston Respublikasidan vodiy viloyatlari orqali yetkazib berilgan. Hozirda mazkur sintetik giyohvandlik vositalarining manbasini aniqlash bo‘yicha tezkor qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

 

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilayotgani xabar qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика