1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda qora ro‘mol o‘rab yurgan yigit ushlandi

Shayxontohur tumanida 19 iyun kuni  jamoat joyida yuzini tanib bo‘lmas darajada yopib yurgan yigit ushlandi.

Toshkentda qora ro‘mol o‘rab yurgan yigit ushlandi

Maʼlumotlarga ko‘ra, “Chorsu” bozori oldida qora ro‘mol kiygan, ayol ko‘rinishidagi shaxs o‘z harakati orqali shubha uyg‘otgani uchun tuman IIB xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. So‘ng shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limiga olib borilgan.

 

Tekshiruv vaqtida ushbu shaxs Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida yashovchi 22 yoshli B.P. (erkak) ekani aniqlangan.

 

Surishtiruv davomida u 2023 yil oktyabr oyida Rossiyaning Moskva shahriga ishlash maqsadida ketib, 2024 yil 17 iyunda qaytgani, 19 iyun kuni “Chorsu” bozori tomonga aylanish maqsadida kelgani maʼlum bo‘lgan.

 

"U IIB xodimlari tomonidan to‘xtatilib tekshirilganda qonuniy talabga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatgan. Surishtiruv davomida fuqaro yoshlik chog‘idan buyon ayollarga xos kiyinishga qiziqib, ko‘cha-ko‘yda ovoz tonini mayin qilib, ayollar ovoziga o‘xshatib gapirishi, vaqti-vaqti bilan burqa-hijob o‘rab yurishi aniqlandi", — deyiladi xabarda.

 

Holat yuzasidan yigitga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194- (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik), 195- (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) hamda 184−4-moddalari (jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan ko‘rinishda bo‘lish)ga asosan xujjatlar rasmiylashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика