1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda sobiq tergovchi 45 mlnni o‘zlashtirib yubordi

U bundan avval pora olgani uchun ham jazolangandi.

Toshkentda sobiq tergovchi 45 mlnni o‘zlashtirib yubordi

Joriy yil 3 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi Olmazor tuman IIO FMB sobiq tergovchisi, 1995 yilda tug‘ilgan S.J.ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqdi.

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, S.J. avvalroq, mart oyida JKning 210-moddasi (pora olish) bo‘yicha aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Yangi tergov jarayonida esa uning boshqa qilmishlari ochiqlangan.

 

Aniqlanishicha, 2023 yilda xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida u fuqaro A.B.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan firibgarlik ishi (JK 168-moddasi)ni noqonuniy ravishda tugatgan va A.B. tomonidan IIV depozitiga zarar qoplash uchun kiritilgan 45 mln so‘mni hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan o‘zlashtirgan. Mablag‘ ishga aloqasi bo‘lmagan tanishiga o‘tkazib yuborilgani qayd etilgan.

 

Sud qaroriga ko‘ra, S.J. JKning 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bo‘yicha ham aybdor deb topildi. Biroq jinoyat muddati tugaganligi sababli u bu modda bo‘yicha jazodan ozod qilindi. Shuningdek, u JKning 167-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari (mansab mavqeidan foydalanib talon-toroj qilish) bo‘yicha aybli deb topildi. O‘g‘irlangan pullarni u to‘liq qoplagani maʼlum qilindi.

 

Avvalgi hukm ham inobatga olinib, unga 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bundan tashqari, 3 yil davomida IIV tizimida ishlash huquqidan mahrum etildi. Belgilangan jazo umumiy tartibli koloniyada o‘talishi belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика