1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda Spark haydovchisi piyodani urib, qochib ketdi

Oqibatda obodonlashtirish boʻlimi xodimi voqea joyida vafot etgan.

Toshkentda Spark haydovchisi piyodani urib, qochib ketdi

 

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida haydovchi piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi. Bu haqida shahar IIBB axborot xizmati xabar qildi.

 

Hodisa kecha, 15-avgust kuni soat 12:50 larda Yunusobod tumani “Bogʻishamol” koʻchasida sodir boʻlgan. Spark rusumli avtomashina haydovchisi yoʻl chetida turgan piyodani urib yuborib, birinchi yordam koʻrsatmay, voqea joyidan ketib qolgan. Oqibatda piyoda, shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchisi, 1967-yilda tugʻilgan G.K. olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. 

 

Hozirda avtomashinada piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchining shaxsi aniqlanib, 1990-yilda tugʻilgan YU. R. ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика