Ijtimoiy tarmoqda Toshkentda ikki mashina yonib ketgani aks etgan video tarqalgandi. Ushbu holat yuzasidan FVB maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 24 noyabr kuni soat 23:58 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Sho‘rtepa 2-tor ko‘chasida avtomobil yonayotgani haqida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 00:03 da yetib borib, yong‘in soat 00:07 da o‘chirilgan.
"Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda", — deyiladi xabarda.


