FVV xabariga ko‘ra, Toshkent shahrida kanalda cho‘kayotgan insonning hayoti saqlab qolingan. Ta’kidlanishicha, bugun, 10-iyul kuni soat 14:51 da Toshkent shahar FVB tezkor boshqaruv markazi Navbatchi-dispetcherlik xizmatiga Yunusobod tumanidan oqib o‘tuvchi “Bo‘zsuv” kanalida fuqaro cho‘kib ketayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.
Natijada zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvilari yetib borgan. Ma’lum bo‘lishicha fuqaro spirtli ichimlik is’temol qilib, cho‘milish maqsadida suvga tushgan va o‘z ehtiyotsizligi natijasida xavfsizligini ta’minlay olmay cho‘kayotgan bo‘lgan.
“FVV qutqaruvchilari fuqaroni kanaldan olib chiqib, hayotini saqlab qoldi. Shundan so‘ng psixologik yordam ko‘rsatilib, tushuntirish ishlari olib borildi”, — deyiladi xabarda.


