12-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yuk poyezdi lokomotivning mashinist kabinasidagi yong‘in videosi bo'yicha rasmiy izoh berildi.
Ma’lum qilinishicha, videodagi "TGM-23" rusumli teplovoz bo‘lib, u “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning lokomotivlar parkiga tegishli emas. Ushbu teplovoz, taxminan, poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani atrofida joylashgan sanoat korxonalaridan biriga qarashli.
Avvalroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanida avtobus yonib ketgani xabar qilingan edi.


