1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda tokdan o‘g‘rincha foydlangan MJCH rahbari mashinasidan ayrildi

U elektr energiyasiga noqonuniy ulanish oqibatida yetkazilgan 266 mln so‘m zararni to‘lamay kelgan.

Toshkentda tokdan o‘g‘rincha foydlangan MJCH rahbari mashinasidan ayrildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yuqori Chirchiq tuman sudining qaroriga asosan, qarzdor MCHJ rahbari Z.J.dan undiruvchi Sergeli tuman elektr taʼminoti korxonasi foydasiga 266 mln 960 ming 769 so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy ulanish oqibatida yetkazilgan zarar summalarini majburiy tartibda undirish belgilangan.

 

Hozirgi kunda elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik masalasi juda dolzarb bo‘lib, ushbu yo‘nalishda Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan qatʼiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu maʼnoda qarzdor tomonidan tegishli muddatlarda zarar summalari amalga oshirilmagani sababli, ijro hujjati yuzasidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

 

Ijro harakatlari jarayonida qarzdorga tegishli “Spark” rusumli avtotransport vositasiga qidiruv eʼlon qilinib, unga nisbatan taqiq qo‘yildi. Qidiruv natijasida avtotransport vositasi topilib, amaldagi qonunchilikka muvofiq xatlandi va qarzni qoplash maqsadida uni realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

 

Avtotrasnport vositasi auksion savdolariga chiqarilib, sotuvdan tushgan pul mablag‘lari taʼminotchi korxona foydasiga yo‘naltiriladi. Qoldiqdagi qarz summalari yuzasidan majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика