Bugun, 31-may kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida to‘rtta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB maʼlumot berdi.
Hodisa soat 16.45 larda Uchtepa tumani Zargarlik ko‘chasida yuz bergan. Unda 1994 yilda tug‘ilgan H.Y. boshqaruvidagi Lacetti, 1976 yilda tug‘ilgan A.I. boshqaruvidagi Cobalt, 2003 yilda tug‘ilgan F.S. boshqaruvidagi Changan, 1993 yilda tug‘ilgan F.S. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida Spark haydovchisi tan jarohat olib shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


