“Yuksak texnologiyalar va innovatsiyalar sari” shiori ostida tashkil etilayotgan navbatdagi xalqaro anjuman 24–27 noyabr kunlari Toshkent shahrida ilk bor o‘tkaziladi.
Ushbu festival O‘zbekiston Innovatsiya vazirligi bilan hamkorlikda xalqaro “Innovek” haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadi.
11–16 yoshdagi ishtirokchilar vazirlik tasarrufidagi “Texnopark” markazida o‘z ixtirolarini 3 kun davomida namoyish qiladi.

Maʼlumot uchun: TDBV (Turk dunyosi bolalari vaqfi) loyiha koordinatori, Turkiya jumhuriyati Milliy taʼlim vazirligi bo‘lim mudiri, professor Ibrohim Erdog‘an yurtimizga kelib, tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi.
“Turk dunyosi iqtidorlarini yurtimizda jam qilish uchun qattiq harakat qildik. Chunki unga 16 mamlakatdan bo‘lajak Abu Rayhon Beruniy, Ibn Rushdiy, al-Farobiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi, Kotib Chelebiylar 40 dan ortiq loyihalari bilan ishtirok etadi”, — dedi loyiha ishtirokchisi Muazzam Ibrohimova.
Eslatib o‘tamiz, festival Turk dunyosi bolalari vaqfi tomonidan 2016-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda.
Bundan avval o‘zbek multfilmi xalqaro festivalda ishtirok etgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


