1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda yana elektr ta`minoti to`xtatiladi

Poytaxtdagi 3 ta tumanda elektr taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Toshkentda yana elektr ta`minoti to`xtatiladi

 

Energetika vazirligining xabar berishicha, taʼmirlash ishlari tufayli Toshkent shahridagi 3 ta tumanning ayrim ko‘chalarida 13 iyul kuni soat 00:00 dan 08:00 ga qadar elektr taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Xususan:

 

  • Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Yalang‘och” podstantsiyasidagi quvvati 10000 kVA bo‘lgan kuch transformatorini 16000 kVA quvvatlisiga almashtirish ishlari olib borilishi sababli “Yalang‘och”, “Katta yalang‘och”, “Ahmad Yugnakiy”, “Traktorsozlar”, “Azamat”, “Humoyun” MFYlari hamda “TTZ-1", 2-, 3- va 4-mavzelaridagi iste’molchilar 00:00 dan soat 05:00 ga qadar;
  • Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110 kV boʻlgan elektr uzatish kabel tarmog‘ida montaj ishlari olib borilishi hamda ushbu ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida soat tonggi 00:00 dan 08:00 ga qadar:
  • Olmazor tumani: “Ibrohim ota”, “Chuqursoy”, “Ahil”, “Moyariq” MFYlarida aholi xonadonlari hamda Jome mavzesining tadbirkorlik subyektlari;
  • Yunusobod tumani: “Hasanboy”, “Katta Hasanboy”, “Sharq haqiqati”, “Turkiston”, “Yo‘lariq”, “Akbarobod”, “Tiklanish”, “Astrobod”, “Hamkorobod”, “Islomobod”,  “Sobirobod”, “Nurmakon”, “Mingchinor” MFYlarining qisman ko‘chalari va Issiqlik markazi vaqtinchalik elektr ta’minotidan ajratiladi.

 

Taʼkidlanishicha, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi ham mumkin.

 

Eslatib o`tamiz, bundan bir kun oldin ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik maqsadida Toshkent shahrida elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatilishi haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика