1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda yigit 10 mln qarzi sabab bankomatni o'marmoqchi bo'ldi

Hodisa vaqtida bankomat ichida 552 million so‘mdan ortiq mablag‘ bo‘lgan.

Toshkentda yigit 10 mln qarzi sabab bankomatni o'marmoqchi bo'ldi

 

Toshkent shahrida bankomatni buzib ochishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, voqea Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan. Taxminan soat 02:30 atrofida yosh yigit bankomat joylashgan hududga kelib, tosh yordamida qurilmaning metall qoplamasini urib ochishga harakat qilgan. Bir necha marotaba urinishiga qaramay, u bankomat ichidagi seyfni ocha olmagan va faqat qurilmaga shikast yetkazgan. Shundan so‘ng, gumonlanuvchi voqea joyidan yashiringan.

 

Navbatchilik qismiga kelib tushgan xabar asosida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi.

 

Gumonlanuvchi o‘z ko‘rsatmasida 10 million so‘m qarzi borligi, ushbu mablag‘ni boshqa shaxsga ishonib topshirgani va qarzni yopish maqsadida jinoyat sodir etishga uringanini bildirgan. U qilgan ishidan pushaymon ekanini ta’kidlagan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa sodir bo‘lgan vaqtda bankomat seyfi ichida 552 million so‘mdan ortiq pul mablag‘i bo‘lgan. Qurilmaga yetkazilgan moddiy zarar 30 million so‘mni tashkil etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика