1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda yirik miqdorda psixotrop moddalar saqlagan shaxslar ushlandi

1,1 milliard so‘mlik TMB hamda 20 mingga yaqin psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar musodara qilindi.

Toshkentda yirik miqdorda psixotrop moddalar saqlagan shaxslar ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan boshqa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalari hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy aylanishiga qarshi yo‘nalishda kechiktirib bo‘lmas tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Xususan, Toshkent shahar Yangi hayot tumanida istiqomat qiluvchi, 1977-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan ayol F.M.ning yashash manzilida Farg‘ona vodiysidan olib kelingan katta miqdordagi psixotrop moddalar noqonuniy saqlanayotgani haqida tezkor ma’lumotlar olingan.

 

Shundan so‘ng F.M. va uning jinoiy aloqalarini qo‘lga olish bo‘yicha DXX Chegara qo‘shinlari, Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi hamda IJQKD xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Holislar ishtirokida uning yashash xonadonidan ozish uchun mo‘ljallangan, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan 3 000 dona dori vositasi hamda tegishli hujjatlari bo‘lmagan 1,1 milliard so‘mlik TMB olib qo‘yildi.

 

F.M. bilan o‘tkazilgan dastlabki so‘rov davomida 1986-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan mahalladoshi D.X.ning yashash xonadonida ham katta miqdordagi psixotrop moddalar mavjudligi haqida ko‘rsatma olingan.

 

Tadbir davom ettirilib, D.X.ning yashash manzili ham ko‘zdan kechirildi. Natijada, 17 060 dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari, shuningdek 400 million so‘mlik, 2 973 dona tegishli sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan dori-darmonlar aniqlanib, rasmiy tartibda hujjatlashtirildi.

 

Hozirda har ikki fuqaroning psixotrop moddalar va boshqa TMBlarni kimdan olgani, mazkur holatga aloqador shaxslarni aniqlash hamda jinoyat mexanizmini to‘liq ochish bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика