Joriy yil boshidan buyon Toshkent shahrida jamoat transportida yo‘l haqi to‘lash tartibini buzish bilan bog‘liq 4 mingdan ortiq holat aniqlangan.
Huquqbuzarliklarning oldini olish va yo‘lovchilar hamda haydovchilar tomonidan belgilangan qoidalarga amal qilinishini ta’minlash maqsadida tegishli xizmatlar tomonidan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun, yo‘l haqi to‘lashdan bo‘yin tovlagan yo‘lovchilar harakati Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi, haydovchilar tomonidan ushbu qoidaning buzilishi esa 145-moddasi asosida baholanadi.


