13 avgust kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida sudlanuvchi J.I.ga nisbatan maʼmuriy ish ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, sudlanuvchi shu yilning 29 iyun kuni boshqaruvidagi ONIX avtomashinasiga Toshkent viloyati Zangiota tumani “To‘qimachi” mahallasidan D.Sh.ni (qiz bola) yo‘lovchi sifatida o‘tkazib, Toshkent shahri Uchtepa tumani “Paxtakor” mahallasi, Uyg‘ur ko‘chasidagi ko‘prik oldida shahvoniy shilqimliq qilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, J.I. MJtKning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topildi va unga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.


