Joriy yilning 9-dekabr kuni soat 22:30 larda Mirobod tumani Islom Karimov ko‘chasida Yutong rusumli elektrobus haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Zarb oqibatida piyoda qarama-qarshi yo‘nalishga yiqilgan va shu paytda Haval rusumli avtomashina ham mazkur piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


