1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan haydovchi ushlandi

Pora taklif qilish bilan bog‘liq bir necha holatlar Farg‘ona va Surxondaryoda ham fosh etildi.

Toshkentda YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan haydovchi ushlandi

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkent shahri va bir nechta viloyatlarda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlariga pora berishga uringan shaxslar fosh etildi.

 

Poytaxtda “Onix” rusumli avtomashina haydovchisi qonuniy talablarga bo‘ysunmasdan qochishga uringan, biroq YPX xodimlari tomonidan ushlangan. Mashina jarima maydonchasiga joylashtirilganidan so‘ng haydovchi avtomobilni qaytarib olish maqsadida 500 AQSh dollarini pora sifatida berayotganida qo‘lga olindi.

 

Xuddi shunday holatlar Farg‘ona viloyatida ham qayd etildi. Quva tumanida mast holda mashina boshqargan “Neksiya-3” haydovchisi inspektorga 1000 dollar, Bog‘dod tumanida esa “Damas” haydovchisi 800 dollar taklif qilgan.

 

Surxondaryoning Bandixon tumanida esa mast holatda “Labo” boshqargan shaxs tuzilgan bayonnomadan qutulish va avtomobilni jarima maydonidan chiqarish evaziga YPX xodimiga 3 million so‘m berayotganida ushlandi.

 

Mazkur holatlar yuzasidan barcha shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining pora berish bilan bog‘liq moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика