1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda YPXdan qochgan haydovchi skuter va Cobalt‘ni urib yubordi

Hodisa oqibatida ikki kishi jarohatlanib, shifoxonaga yuborilgan.

Toshkentda YPXdan qochgan haydovchi skuter va Cobalt‘ni urib yubordi

 

Kecha, 22-aprel kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan fuqaro YPX xodimlaridan qochib, skuter haydovchisi va Cobalt avtomashinasini urib yubordi.

 

Soat 23:00 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli–Muqimiy chorrahasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori 2001 yilda tug‘ilgan, Shayxontohur tumanida yashovchi   S.X.  boshqaruvida bo‘lgan Gentra rusumli transport vositasiga jezl va hushtak yordamida to‘xtash ishorasini bergan. Ammo haydovchi YPX inspektorining qonuniy ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirgan.

 

Haydovchining xatti-harakati xodimlarda shubha uyg‘otgan. Shundan so‘ng Cobalt rusumli avtotransport vositasida Gentra avtomashinasining orqasidan kuzatuv olib borilgan va maxsus ovoz kuchaytirgich orqali bir necha marotaba haydovchiga to‘xtash ishorasi berilgan. Haydovchi S.X. esa YPX inspektorlarining qonuniy talabini bajarmasdan Shota Rustaveli–Komil Yashin hamda Bog‘i Bo‘ston–K.Yashin chorrahalarida svetaforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga bo‘ysunmasdan belgilangan meʼyoriy tezlikni oshirib  harakatlangan.

 

Shundan so‘ng haydovchi Komil Yashin–S.Sirojidinov chorrahasida Gentra rusumli transport vositasida ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib, asosiy yo‘ldan kelayotgan skuterga yo‘l bermasdan to‘qnashuv sodir etgan. Shuningdek, Komil Yashin 1-tor ko‘chasidagi yo‘l chetida to‘xtab turgan Cobalt rusumli avtomashinaga borib urilgan.

 

Kuzatuv ishlarini olib borayotgan YPX inspektorlari Yakkasaroy tumanida yashovchi  skuter haydovchisi — 2004 yilda tug‘ilgan Yu.A.  hamda Gentra yo‘lovchisi —Chilonzor tumanida  yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan I.S.larga birinchi yordam ko‘rsatishgan hamda tez tibbiy yordam xodimlari orqali yaqin atrofdagi shifoxonaga olib borishgan.

 

Mazkur holat yuzasidan hozirgi vaqtda Toshkent shahar IIBB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика