Kecha, 3 aprel kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Labo rusumli avtomobil yonib ketdi.
Voqea soat 19:50 larda Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan. U yerda haydovchi 1999 yilda tug‘ilgan T.N.ga tegishli Labo rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.
“Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 1 aprel kuni Andijon shahar Amir Temur ko‘chasida joylashgan supermarket avtoturargohida to‘xtab turgan Gentra yonib ketgan edi.


