Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, bugun, 3-iyul kuni soat 14:25 da Toshkent shahridagi elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Qayd etilishicha, nosozlik oqibatida Toshkent shahrining Yunusobod va Olmazor tumanlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Toshkent tumani isteʼmolchilarining bir qismida elektr taʼminotida uzilish kuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etib, tarmoqni ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda.


