
Unda aytilishicha, voqea bugun, 11-sentabr kuni soat 14:36 da Yunusobod tumani Bodomzor ko‘chasida joylashgan “Grant somsa” oshxonasida sodir bo‘lgan.
Toshket shahar FVBning 6 ta yong‘in-o‘chirish ekipaji soat 14:39 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:02 da o‘rab olinib, soat 15:19 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida oshxonaning taxminan 150 kv.m. maydonida tom va shift qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Namamangan davlat universitetiga qarashli talabalar yotoqxonasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Munojat Valiyeva


