1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi ikki qavatli binoda yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirish uchun 4 ta bo‘linma yuborilgan.

Toshkentdagi ikki qavatli binoda yong‘in chiqdi

Bugun, 26-noyabr kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi binolardan birida yong‘in yuz berdi. Bu haqida shahar FVB xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, soat 14:54 da 112 tizimi orqali Shayxontohur tumani Istirohat ko‘chasida joylashgan ikki qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

 

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 15:03 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:09 da o‘rab olingan va soat 15:15 da bartaraf etilgan.

 

Yong‘in oqibatida binoning taxminan 100 kvadrat metr maydonda tom va ichki qismi yonib zararlangan. Yong‘in-o‘chiruvchilarning professional harakatlari natijasida yong‘inni keng tarqalishi oldi olingan.

 

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Yong‘inda tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика