1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentdagi IT-park binosida yong‘in chiqdi — video

Yong‘in 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji tomonidan 10 daqiqa ichida bartaraf etilgan.

Toshkentdagi IT-park binosida yong‘in chiqdi — video

 

Toshkentdagi IT-park binosida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

 

Qayd etilishicha, 23 noyabr kuni soat 11:12 da Mirzo Ulug‘bek tumani “Olimlar” MFY Shahriobod ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli binolarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

 

Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:15 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 11:25 da o‘chirilgan.

 

Yong‘in natijasida 24 qavatli qurilishi tugallanmagan IT-park binosining 21-qavatida taxminan 5 kvadrat metr maydonda penoplast qoldiqlari yonib zararlangan. Yong‘in natijasida qo‘shni binolarga zarar yetmagan.

 

«Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика