1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi kompyuter klubida 19 yoshli yigit ikki nafar o‘quvchini pichoqladi

Gumonlanuvchi protsessual tartibda qamoqqa olingan. Hozirda voqea yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Toshkentdagi kompyuter klubida 19 yoshli yigit ikki nafar o‘quvchini pichoqladi

 


Toshkent shahri Olmazor tumanidagi kompyuter klubida sodir bo‘lgan mojaro oqibatida ikki nafar voyaga yetmagan o‘quvchi pichoqlab jarohatlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 19 yoshli yigit kompyuter klubiga kirib, u yerda bo‘lgan o‘quvchilar bilan salomlashmagani sababli keskin ohangda gaplashgan. Orada kelib chiqqan tortishuv vaqtida u yonida bo‘lgan pichoq bilan ikki nafar o‘quvchiga tan jarohati yetkazgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi — ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan qasddan o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda qamoqqa olingan.

 

Hozirda voqea yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика