26 fevral kuni soat 17:37 da Yashnobod tumani Mahtumquli ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadon oshxonasida gaz-havo aralashmasining chaqnash sodir bo‘lganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Aytilgan manzilga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Hodisa natijasida yong‘in sodir bo‘lmagan. Chaqnash oqibatida 1 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


