Qayd etilishicha, 24 yanvar kuni soat 17:44 da Mirzo Ulug‘bek tumani “Oltintepa” MFY Parkent ko‘chasida joylashgan 7 qavatli uyning yerto‘la qismi, yordamchi xonasi yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 17:54 da yetib borib, yong‘in soat 18:06 da qurshab olingan va soat 18:16 o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.


