Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan ko'p qavatli uylarning birida yong'in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV. Qayd etilishicha, bugun, 1-avgust kuni soat 11:25 da Toshkent shahar Yashnobod tumani “Bog‘bon” MFY Normuxammedov mavzesida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon soat 11:32 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:41 da to'liq bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida yuqori qavatdagi xonadon balkonida turgan 2 kvadrat metr maydonda uy-jihozlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi ma'lum qilingan.


