1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi maktabda futbol maydoni panjaralari qulab tushdi

Maʼlumotlarga ko‘ra, qurilish sifati talabga javob bermagan.

Toshkentdagi maktabda futbol maydoni panjaralari qulab tushdi

Qoratosh mahallasida joylashgan 324-maktab hududidagi futbol maydonining qulashiga oid ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng quyidagilar ma’lum qilindi:

 

Dastlab, ushbu holat 2025-yil 26-27-fevral kunlarida kuzatilgan noqulay ob-havo, jumladan, qor yog‘ishi natijasida sodir bo‘lgan deb taxmin qilingan edi. Biroq dastlabki texnik tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, tabiiy omillar vaziyatni og‘irlashtirgan bo‘lsa-da, qurilish jarayonida belgilangan me’yorlarga rioya etilmagani va sifatsiz materiallardan foydalanilganlik asosiy sabab bo'lgan.

 

Hozirda loyiha hujjatlari va qurilish ishlari chuqur tahlil qilinmoqda. Pudratchi tashkilotning mas’uliyati ham tekshiruv doirasida o‘rganilmoqda. Natijalarga ko‘ra, aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика