Ma'lum qilinishicha, bugun, 2-avgust kuni soat 11:43 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 50-sonli maktabning 2-qavatida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:49 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:52 da o‘rab olingan va soat 12:00 da o‘chirilgan. Yong‘in natijasida 2-qavatning taxminan 10 kvadrat metr maydonida ichki jihozlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


