1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi O‘rikzor bozorida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

Mojaro yo‘l harakati sababli kelib chiqqan bo'lib, hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkentdagi O‘rikzor bozorida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

 

 


Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi O‘rikzor bozorida bir guruh erkaklar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, voqea “Yusuf Sakkokiy” mahallasida joylashgan bozor hududida yuz bergan. Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, haydovchi va fuqarolar o‘rtasida yo‘l harakati jarayonida kelib chiqqan tortishuv janjalga aylanib ketgan.

 

Tekshiruv davomida tomonlar bir-biriga nisbatan kuch ishlatgani, voqea vaqtida temir jismlar va toshlardan foydalanilgani aniqlangan. Oqibatda ayrim ishtirokchilar tan jarohati olgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda va barcha ishtirokchilarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi ma’lum qilindi.

 

Toshkent shahar IIBB fuqarolarni jamoat joylarida tartib-qoidalarga rioya qilishga hamda nizolarni zo‘ravonlik yo‘li bilan hal qilmaslikka chaqirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика