Bugun, 10-mart kuni soat 01:20 da Yunusobod tumani Matbuotchilar ko‘chasida joylashgan savdo majmualarining birida, yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 01:24 da yetib borib, yong‘in soat 01:35 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.


