1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentdagi shifoxonada erkak va ikki ayol mushtlashib ketdi

Bunga o‘zaro navbat talashish sabab bo‘lgan.

Toshkentdagi shifoxonada erkak va ikki ayol mushtlashib ketdi

 

Kecha ijtiomiy tarmoqlarda shifoxonada ayollar va erkak o‘rtasidagi janjal aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB maʼlumot berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 4-may kuni taxminan soat 20:30 larda Yunusobod tumanida joylashgan xususiy klinikalardan birida 1992-yilda tug‘ilgan ayol Y.L. va singlisi 1996 yilda tug‘ilgan Y.X. shifokor ko‘rigiga navbatsiz kirib ketgan.

 

Bundan norozi bo‘lgan navbatda turgan 1993 yilda tug‘ilgan erkak M.S. eʼtiroz bildirgan. Natijada, ular o‘rtasida o‘zaro janjal chiqqan.

 

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan JKning 277-moddasi (bezorilik) alomati bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика