1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi transformatorlarning 37 foizi 40 yildan beri ishlayotgani maʼlum qilindi

Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati maʼlumot berdi.

Toshkentdagi transformatorlarning 37 foizi 40 yildan beri ishlayotgani maʼlum qilindi

 

Toshkent shahridagi elektr uzatish tarmoqlarining qariyb chorak qismi va yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi transformatorlarning 37 foizdan ortig‘i 40 yildan ziyod vaqtdan buyon ishlab kelmoqda. Bu haqda Daryo yozmoqda.

 

Qayd etilishicha, bugungi kunda Toshkent shahrining energiya taʼminoti tizimiga 152 ta transformatordan iborat 82 ta podstansiya kiradi. 

 

Shuningdek, to‘rt mingtadan ko‘p elektr taʼminoti korxonasi va uch mingdan ortiq isteʼmolchilar balansidagi transformator punktlari hamda qariyb 8,5 ming kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlarini ham o‘z ichiga oladi.

 

Podstansiyalardagi 56 ta transformator va 1 ming 883 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari 40 yildan ortiq vaqt davomida ishlab turibdi. Podstansiyalardagi transformatorlarning 36 foiz hamda elektr uzatish tarmoqlarining 24 foizi 25 yildan 40 yilgacha bo‘lgan davrda ekspluatatsiya qilinmoqda, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика