1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentdagi xalqaro konferensiya tufayli ayrim avtobuslar yo‘nalishi o‘zgaradi

Toshkentda 15–16 iyul kunlari Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tishi hamda shu munosabat bilan Tashkent City atrofidagi yo‘llar avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. “Toshshahartransxizmat” xalqaro tadbir sabab o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradigan avtobuslar haqida ham maʼlumot berdi.

Toshkentdagi xalqaro konferensiya tufayli ayrim avtobuslar yo‘nalishi o‘zgaradi

 

 

15–16 iyul kunlari 53, 64, 65, 141-sonli avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritiladi. Ular quyidagi chizmadagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi:

 

 

Toshkent shahar IIBB tadbirni o‘tkazish jarayonida Tashkent City majmuasi atrofidagi quyidagi yo‘llar transport vositalarining harakatlanishi uchun yopilishini maʼlum qilgan:

  • Islom Karimov ko‘chasi: Turob To‘la ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

  • Furqat ko‘chasining mahalliy yo‘li: Islom Karimov ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha;

  • Olmazor ko‘chasi: Beshyog‘och ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

“Toshshahartransxizmat” keltiriladigan noqulayliklar uchun so‘ragan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика