1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi xususiy bog‘chada yong‘in chiqqani aytildi

Holat yuzasidan FVV ma’lumot berdi.

Toshkentdagi xususiy bog‘chada yong‘in chiqqani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi xususiy bog‘chalardan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lumot berdi.


Qayd etilishicha, yong‘in aslida Mirobod tumani “Mirobod” MFY hududidagi xususiy bog‘chaning orqa tomonidagi xonadonda bugun, 20-iyun kuni sodir bo‘lgan. Bu haqda soat 17:48 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

 

Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:56 da yetib borib, soat 18:18 da yong‘in qurshab olingan va 18:31 da to‘liq o‘chirilgan.

 

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Xonadonning taxminan 80 kvadrat metr maydonida binoning tomi, shift qismi va uy-jihozlari  yonib zararlangan. Hozirda yong‘ining kelib chiqish sabablari hamda uning zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика