1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi yana bir xonadonda yong‘in chiqdi

Voqeа joyiga 3 ta ekipaj va 2 ta avtonarvon yuborilgan.

Toshkentdagi yana bir xonadonda yong‘in chiqdi

Bugun, 12-avgust kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in yuz berdi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, soat 11:57 da Bektemir tumani “Abay” MFY Rohat ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

 

Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon soat 12:06 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 12:12 da o‘chirilgan.

 

Yong‘in natijasida xonadonning uy-jihozlar va 20 kvadrat metr maydonda ichki qismi zararlangan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida maʼlumot kelib tushmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика