1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi YTHda 46 yoshli piyoda vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Toshkentdagi YTHda 46 yoshli piyoda vafot etdi

Bugun, 11-may kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

 

Holat soat 04:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Feruza ko‘chasida sodir bo‘lgan. 20 yoshli yigit Malibu-2 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, 1979-yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

 

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика