1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi YTHda Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi

Sergeli tumanida sodir bo‘lgan avtohalokatda haydovchi va piyodaga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Toshkentdagi YTHda Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi

 


Toshkent shahri Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lacetti avtomobili ikkiga bo‘linib ketdi. Holat aks etgan tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Unda Lacetti avtomobili jiddiy shikastlangani, Leapmotor C16 esa old qismidan katta zarar ko‘rgani ko‘rinadi.

 

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmatiga ko‘ra, hodisa 15-fevral kuni soat 09:00 atrofida Qipchoq va Quruvchilar ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan.

 

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lacetti haydovchisi hamda bekatda turgan bir nafar piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil dekabr oyida Toshkentda Hongqi va BYD avtomobillari to‘qnashuvi natijasida ulardan biri ikkiga bo‘linib ketgan edi. Shuningdek, noyabr oyida Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida Nexia bilan to‘qnashgan “Moskvich” ham ikkiga ajralib ketgan, har ikkala holatda haydovchilar yengil tan jarohati olgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика