Turkiyaning AnadoluJet aviakompaniyasi Toshkentdan Anqaraga muntazam avriaparvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Bugun mahalliy vaqt bilan soat 05:11 da Turkiyaning AnadoluJet aviakompaniyasi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
Anqara — Toshkent — Anqara yo‘nalishidagi Boeing 737-800 rusumidagi samolyot suv arkasi bilan, ekipaj aʼzolari va 160 nafar yo‘lovchilar kutib olindi.
Ushbu yo‘nalishdagi reyslar haftada bir marta — dushanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun: AnadoluJet bosh qarorgohi Anqarada joylashgan, Turkish Airlines loyihasi bo‘lgan turk aviakompaniyasi. Aviakompaniya parkida 59 ta samolyot mavjud bo‘lib, ular 89 ta yo‘nalishda ichki va xalqaro parvozlarni amalga oshiradi.


