O'zbekiston

Toshkentdan Anqaraga parvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda

 

Uzbekistan airways Toshkentdan Anqaraga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.  Bu haqda aviakompaniya rasmiy saytida xabar qilindi.

 

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilning 15–16 iyun kunlari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan ikki davlat aviatsiya maʼmuriyatlarining maslahatlashuvlarida qator kelishuvlarga erishilgan edi.

 

Xususan, ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish va yangi yo‘nalishlar ochish bo‘yicha erishilgan kelishuvga asosan “Uzbekistan airways” aviakompaniyasi Toshkent – Anqara – Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

 

Aviakompaniya qishki mavsumda ushbu yo‘nalishda haftasiga bir marotaba muntazam parvozlarni amalga oshiradi.

Oxirgi voqealar

Hammasini ko'rsatish