Uzbekistan Airways 26-apreldan boshlab Toshkent va Jakarta o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviatashuvlarni qayta tikladi. Soekarno-Hatta xalqaro aeroportida havo kemasi anʼanaviy tarzda suv arkasi bilan, yetib kelgan reys ekipaji aʼzolari esa gullar bilan kutib olindi.
Toshkent–Jakarta–Toshkent yo‘nalishidagi parvozlar har haftaning chorshanba kunlari qulay, keng bort sahniga ega Boeing 787 Dreamliner havo kemasida amalga oshiriladi
Uzbekistan Airways bilan Jakarta orqali Indoneziyaning eng go‘zal go‘shalari sanaladigan Bali, Yava, Sumarat va Kalimantan orollariga tashrif buyurish mumkin.


