1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdan Nukusga tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Natijada manzilga yetib borish vaqti 7 soatgacha qisqaradi.

Toshkentdan Nukusga tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

 

Toshkentdan Nukusga tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

 

Ellikqalʼa, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlari turizmga ixtisoslashtiriladi. To‘rtko‘l, Beruniy, Amudaryo, Xo‘jayli, Qonliko‘l, Qo‘ng‘irotda yo‘l-savdo infratuzilmasi kengaytiriladi.

 

Shuningdek, Toshkentdan Nukusga tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilib, yo‘lovchilarning manzilga yetib borish vaqti 16 soatdan 7 soatgacha qisqaradi.  Buning uchun, uzunligi 465 kilometr bo‘lgan “Buxoro-Urganch-Xiva” va uzunligi 196 kilometr bo‘lgan “Miskin-Nukus” temir yo‘l liniyalari elektrlashtiriladi. Bu loyihaga 460 million dollar yo‘naltiriladi.

 

Ushbu liniya ishga tushirilgach, “Toshkent – Samarqand – Buxoro – Xiva” anʼanaviy turistik zanjiriga Qoraqalpog‘iston ham qo‘shiladi. Natijada xorijiy va mahalliy sayyohlarning mamlakatda 4-5 kungacha bo‘lishini taʼminlash, turistik xizmatlar eksportini 100 million dollarga yetkazish imkoniyati yaratiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика