1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdan uchayotgan samolyot Andijonga qo‘na olmadi

Bunga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan.

Toshkentdan uchayotgan samolyot Andijonga qo‘na olmadi

 

"Uzbekistan Airways" AJ ning xabar berishicha, meteorologik sharoit tobora yomonlashib borayotgani (tuman, ko‘rishning yetarli darajada emasligi) munosabati bilan faqatgina bugun, 24-dekabr kuni HY091/Toshkent — Andijon aviaqatnovi Toshkent — Farg‘ona muqobil yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilishini maʼlum qiladi. HY091/Andijon — Toshkent qatnovi esa Farg‘ona shahridan amalga oshiriladi.

 

Shuningdek:

HY-091 qatnovining jo‘nab ketish vaqti soat 14:00 ga o‘zgartirildi.

HY-092 qatnovining jo‘nab ketish vaqti esa soat 16:00 ga o‘zgartirildi.

 

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Andijon va Farg‘ona ayeroportlari o‘rtasida transfer harakat tashkil etiladi, — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Uzbekistan Airways"da ayrim parvozlar bir necha soatga kechiktirilgandi. Shuningdek, kompaniya mamlakat ichiga qo‘shimcha qatnovni yo‘lga qo‘yishi hamda yangi model asosida Toshkentdan Moskvaga ilk parvozni amalga oshirishi haqida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика