1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Toshkentga favqulodda qo‘ngan British Airways o‘z yo‘lovchilarini olib ketdi

Buyuk Britaniyaning Islomobod — London yo‘nalishi bo‘yicha uchgan VA-260 reysi ekipaji parvoz vaqtida Toshkentdagi zaхira aeroportga qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Toshkentga favqulodda qo‘ngan British Airways o‘z yo‘lovchilarini olib ketdi

 

 

British Airways‘ning Islomoboddan Londonga uchayotgan Boeing 777-200ER samolyoti 22-sentabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ngani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Toshkentda favqulodda qo‘ngan yo‘lovchilar orasida bo‘lgan mashhur britaniyalik teleboshlovchi Mehrin Baig “Twitter” sahifasi orqali yordam so‘rab, quyidagicha izoh qoldirgan:

 

«Bizni O‘zbekiston aeroportida 24 soatga qulflashdi, bizga hech kim qaramayapti. Оtamga tibbiy yordam berishmayapti, unga kislorod kerak — ILTIMOS. Wi-fi ham, bagajlarimiz ham, dori -darmon ham, zaryadlovchi uskuna ham yo‘q, tez orada biz aloqasiz qolamiz».

 

Telegram‘dagi «Novosti Tashkentskogo neba» kanalining yozishicha, 23-sentabr kuni aviakompaniya o‘z yo‘lovchilarini Toshkentdan olib ketgan.

 

«Britaniya aviakompaniyasi laynerining ekipaji yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qilgani sabab Toshkentga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan, shuningdek, bortning texnik nosozligi sabab aeroportda qolgan BA-260 reysi yo‘lovchilarini olib ketish uchun London — Toshkent — London marshruti bo‘yicha qo‘shimcha BA-9154/BA-260 reysini amalga oshirdi», — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, 22-sentabr kuni ushbu reysdagi 83 yoshli yo‘lovchi ayol o‘zini yomon his qilgan. Samolyot Toshkentga yetib kelganida ayol vafot etgan. Barcha yo‘lovchilar samolyotdan tushirilib, Toshkent aeroporti hududiga joylashtirilgan. 

 

Avvalroq, Afg‘oniston poytaxti Kobuldan Toshkentga birinchi aviareys uchib kelgani haqida xabar bergandik.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика