"Toshkent metropoliteni"ning xabar berishicha, bugun, 8 aprel kuni Toshkent shahriga to‘rt vagonli 2 ta yangi zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi.
Yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yana-da qisqartirish maqsadida, ushbu harakat tarkiblari belgilan yo‘riqnomaga asosan, 8-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.
2024 yil may oyida yana 3 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalashtirilgan. Bu rejaviy ishlar natijasida, metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yana-da qisqartishga erishish maqsad qilingan.


