1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Toshkentga uchayotgan samolyot qushlar bilan to‘qnashib ketdi

Shundan so‘ng havo kemasi aeroportga qaytishga majbur bo‘lgan.

Toshkentga uchayotgan samolyot qushlar bilan to‘qnashib ketdi

Irkutskdan Toshkentga uchayotgan “Ural Airlines” samolyoti qushlar to‘dasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqida Sharqiy Sibir transport prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Departament maʼlumotlariga ko‘ra, hodisa Irkutsk aeroportida mahalliy vaqt bilan soat 07:40 da samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagida parvoz qilish vaqtida sodir bo‘lgan.

 

Samolyot dvigateliga qushlardan biri kirib qolgani sababli havo kemasi aeroportga qaytishga majbur bo‘lgan.

 

Samolyot bortida olti nafar ekipaj aʼzosi va 91 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madriddan Parijga uchayotgan Iberia samolyoti kalxat bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng, uchish aeroportiga shoshilinch qaytgani xabar qilingandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика