Ta’mirlash ishlari tufayli Sergeli, Olmazor va Mirobod tumanlari hududlariga 2 iyul kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududgaz Poytaxt" xabar berdi.
Sergeli tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha) "Bunyodkor" va "Yangi Bunyodkor" MFYlari:
-
aholi iste’molchilari soni — 23 ta ko‘p qavatli uylardagi 2328 ta xonadon;
-
ulgurji iste’molchilar soni — 6 ta.
Olmazor tumani (soat 10:00 dan 17:30 gacha) "Yangi Sebzor" MFY:
-
aholi iste’molchilari soni — ko‘p qavatli uydagi 108 ta xonadon;
-
ulgurji iste’molchilar soni — 2 ta.
Mirobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) "Oq uy" MFY Eski otchopar ko‘chasi:
-
aholi iste’molchilari soni — 42 ta xonadon.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.


