1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

To‘tiqush qotilni aniqlashga yordam berdi

Uning guvohligi tufayli jinoyatchilar qo‘lga olindi.

To‘tiqush qotilni aniqlashga yordam berdi

 

Hindistonda sud qotillikdan to‘qqiz yil o‘tib, to‘tiqushning ko‘rsatmasi asosida ikki erkakni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

 

Jinoyat 2014 yilda Agra shahrida sodir etilgan. Mahalliy gazetaning bosh muharriri Vijay Sharma o‘g‘li va qizi bilan qo‘shni shaharga to‘yga bordi, xotini uyda qoldi. Qaytib kelgach, uy talon-taroj qilinganini, xotini va itini o‘ldirganini ko‘rdi. Shu voqeadan keyin uydagi to‘tiqush ovqat yeyishdan bosh torta boshladi, shu sababli Vijay Sharma qush qotillikka guvoh bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylay boshladi.

 

 Erkak qushning oldida turli ismlarni aytishni boshladi. U jiyani Ashuning ismini aytganida, qush baqirib, qafasda aylana boshlagan. To‘tiqushning xuddi shunday munosabati politsiya tomonidan kuzatilgan va tez orada gumonlanuvchini qo‘lga olingan.

 

Vijay Sharmaning jiyani do‘sti bilan birga qotillikni sodir etganini tan oldi. Jabrlanuvchining qizi Ashu ularning uyiga tez-tez kelib turishini va uyda zargarlik buyumlari hamda  naqd pullar qayerda saqlanayotganini bilishini taʼkidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика