Irlandiyada tajovuzkor tovuq Ballinaslou shahridagi keksa erkakning umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Jasper Krausning yaralanganini qo‘shnisi ko‘rib qolgan. U erkakning qiziga telefon qilgan, shuningdek, “Tez yordam” brigadasini chaqirgan. Otasining yoniga kelgan qiz uy polida qon izlarini ko‘radi. U tovuqxonaga borgan.
Kraus bexush holda topilgan. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolishga uringan bo‘lsa-da, bemor olingan jarohatlar natijasida vafot etdi.
Marhumning qizi keyinchalik tovuqlarning birida qon izlarini ko‘radi. U parrandani otasining o‘limiga sababchi deb hisoblaydi va yakunda haq bo‘lib chiqadi. Tovuq Krausni panjasi bilan tirnagan. Oqibatda erkak ko‘p miqdorda qon yo‘qotgan.
Marhumning salomatligi zaif bo‘lgan, u saraton va buyrak kasalligidan aziyat chekkan. Uning o‘limiga aritmiya sabab bo‘lgani aniqlandi.


